Vaksinatsiya bo'yicha online seminar bo'lib o'tdi

    2021 yil 9 aprel kuni ZOOM platformasi orqali "O'zbekiston temir yo'llari" AJ SSX 06.04.2021 yil №31-sonli va 08.04.2021 yil №33-sonli "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tibbiy xodimlarni koronavirus infektsiyasiga qarshi profilaktik emlash ishlarini tashkil etish va o'tkazish to'g'risida" ma'ruza bo'ldi. Ushbu ma'ruzani Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati immunologiya bo'lim mutaxassisi qatnashdi. Ma'ruzada koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi, ahamiyati, vaksinalar turi, emlashdan so'ng yuz berishi mumkin bo'lgan noxush belgilar, emlanadigan guruhlar, emlash mumkin bo'lmagan xolatlar xaqida so'z yuritildi. Ma'ruzadan so'ng berilgan savollarga to'liq javoblar olindi.
    Xuddi shu mavzuda "Ozbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy poliklinikasida ham shu mavzuda shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati epidemiolog mutaxassisi ishtirokida seminar bo'lib o'tdi