Termiz temir yo'l Birlashgan shifoxonasida hamshira qiz va ayollar o'rtasida "Hamshira-2021" ko'rik tanlovi o'tkazildi

    Termiz bekati temir yo'l Birlashgan shifoxonasida xotin-qizlar masalasi bo'yicha kengashning boshlang'ich tashkiloti raisi N.J. Kurbonmurotova, kasaba uyushma qo'mitasi raisi B.T.Maxmatmurodov boshchiligida 27.03.2021 yil "xamshira -2021" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
    Tanlovda xamshiralardan F.Boymurodova , X.Xazratqulova, M.Jo'raeva, S.Pardaeva qatnashdilar.
    Xamshira qizlar tanlov dasturida 5 ta shart bo'yicha bellashishdi:
- Tanishtiruv: xar bir ishtirokchi o'zi va kasbi to'g'risida ma'lumot berishdi.
- Intellektual saloxiyat sharti: savol javoblar ichki kasalliklarga va jarroxlikka oid test savolllariga tezkorlik bilan javob berishdi.
Xamshiralar ushbu shartdan bir-biridan qolishmay aniq javoblar bilan xay'at a'zolarini lol qoldirishdi.
- keyingi shart: amaliy ko'nikmalar
1 - tomchilab dori vositasini yuborish uchun sistemani tayyorlash texnikasi, San.Epid.rejim qoidalariga rioya .- xar bir ishtirokchi yonida amaliy ko'nikmalarni aloxida kuzatuvchilar jarayonni baxolab borishdi.
2 - amaliy ko'nikma jarrroxlikka oid bo'lib qo'l barmoqlariga bog'lov qo'yish. Xamshiralar amaliy ko'nikmalarni maroxat bilan ko'rsatib va ekpertlar tomonidan baxolanishdi.
-uyga vazifa sharti: xamshiralar "sog'lom turmush tarzi"ga oid devoriy gazeta tayyorlab unga ta'rif berishdi.
To'g'ri ovqatlanish, jismoniy xarakat, zararli odatlar, xomiladorlarning ovqatlanishiga mavzusi ko'rsatildi.
    Oxirgi shart qizlar o'zlarining bekalik maxoratlarini ko'rsatib fasilga xos vitaminlarga boy to'yimli salatlar tayyorlashdi.
Yuqoridagi shartlarni baxolab borgan xay'at a'zolari xulosasiga ko'ra
1-o'rin: poliklinika 3-korxona xamshirasi X.Xazratqulova
2-o'rin: jarroxlik bo'lim xamshirasi M.Jo'raeva
3-o'rin: tarmoq SES xamshirasi S.Pardaeva
4-o'rin: poliklinika bo'lim xamshirasi F.Boymurodova egalladi va ishtirokchilarga qimmatbaxo sovg'alar va rag'batlantirish bilan taqdirlandi.