Statistik ma'lumotlar haqqoniyligini tekshirish bo'yicha selektor yig'ilishi o'tkazildi

    2021-yil 28-aprel kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmatining "ZOOM" platformasida o'tkazilgan selektor yig'ilishi qaroriga asosan, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari ish faoliyati, sifati va samaradorligini oshirish, yillik ish faoliyati yakunlarini jamlash, muassasalar to'g'risidagi statistik ma'lumotlarning haqqoniyligini ta'minlash hamda temiryo'lchilar salomatligini xolis amaliy-nazariy baholash, axborotlar bilan to'liq ta'minlash maqsadida, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiy statistik shifokor va hamshiralar uchun 2021-yil 18-maydan 3-iyungacha amaliy seminar tashkil etildi.
    Ushbu seminarda Sog'liqni saqlash xizmati oliy toifali shifokor statistigi Z.A.Ruzmetova tomonidan viloyat va shahar statistika qo'mitalariga, yillik jamlanma Davlat statistik hisobotlarini va tarmoq hisobot shakllarini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan kelishilgan buyrug'iga muvofiq belgilangan muddatlarda hisobotlar to'liq hajmda va qat'iy belgilangan jadval asosida topshirilishi lozimligi to'g'risida gapirilib, har bir davolash-profilaktika muassasasi tibbiy statistik mutaxassislari bilan amaliy ishlar olib borildi.