Sog’liqni saqlash xizmatida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ davolash-profilaktika muassasalari akusher-ginekologlari uchun "Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi

    2021-yil 8-aprel kuni Sog’liqni saqlash xizmatida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ davolash-profilaktika muassasalari akusher-ginekologlari uchun "Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.
    Ushbu tadbir Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti "Akusherlik- ginekologiya va perinatal tibbiyot” kafedrasi xodimlari ishtirokida Sog’liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidikov va bosh ginekolog Sh.R.Maymakova tomonidan tashkil etildi.

    Seminar Sog’liqni saqlash xizmati boshlig'ining davolash ishi bo’yicha o'rinbosari B.S.Shayunusovning  kirish so'zi bilan ochildi. Seminarning asosiy kun tartibi bosh akusher-ginekolog Sh.R.Maymakovaning 2021-yilning 1-choragida temiryo'lchi ayollarga akusherlik-ginekologik yordam ko'rsatish natijalari to’g’risidagi ma'ruzasi bilan boshlandi.
    Seminarda "Akusherlik-ginekologiya va perinatal tibbiyot" kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor M,Y.Asadova va kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi F.A.Gafurovalar ishtirok etdilar va qiziqarli ma'ruzalar qildilar.

    Seminar dasturida tashxislashning zamonaviy tendensiyasi va reproduktiv tizim patologiyasini davolash, ayollarda onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash muammolariga katta e'tibor qaratildi.
    Konferensiyada 20 nafar shifokorlar ishtirok etishdi. Seminarda tibbiyot xodimlari o’zlarining nafaqat nazariy bilimlarini, balki amaliy ko'nikma va mahoratlarini ham oshirish imkoniyatiga ega bo'ldilar.