Oktabr oyi Butunjahon ko'krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi deb e'lon qilindi

    1993-yilning oktabr oyi Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan Butunjahon ko’krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi deb e’lon qilingan. Bundan tashqari, har yili 15 oktyabr kuni dunyoning 44 davlatida Butunjahon ko’krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni o’tkaziladi. Xatarli o’sma kasalliklari – dunyoning barcha millatlarini birlashtirayotgan muammolardan biri.

    Butunjahon ko’krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni o’tkazilishidan maqsad – ko’krak bezi saratoni bilan bog’liq global muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, xastalikning oldini olish, erta tashxis qo’yish va davolash usullari haqida aholining xabardorligini oshirish.
    Shu munosabat bilan, 2021-yilning oktabr oyida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida Sog’liqni saqlash xizmati tashabbusi bilan shifokorlar va o’rta tibbiyot xodimlari tomonidan temiryo’l tizimida xizmat qilayotgan ayollar ishtirokida ko’krak bezi saratoni kasalligining oldini olish va erta tashxis qo’yish masalalari bo’yicha interaktiv seminarlar o’tkazilmoqda.