"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i va tizimidagi boshlang'ich tashkilotlar yoshlar yetakchilari o'rtasida ochiq davra suhbati o'tkazildi

  Yig'ilishda Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidikov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6017 sonli va 2021 yil 3 fevraldagi "2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155 sonli farmonlarda hamda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati rahbari tomonidan tasdiqlangan "Sog'liqni saqlash tizimida 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi"da belgilab berilgan ishlar ijrosini ta'minlash lozimligini, shuningdek, yoshlarni o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lib etishishlari uchun ko'proq kitob o'qishlari va doimo ilmiy izlanishda bo'lishlari kerakligini ta'kidlab o'tdi, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni o'rganishlari zarurligini, dunyodagi eng ilg'or innovatsion yangiliklar va kashfiyotlar hamda mashhur olimlar, yozuvchilar asarlarining aksariyat qismi chet tillarida ekanligini aytib o'tdi va yoshlarning o'zlari qiziqtirgan savollari va takliflari bo'lsa, bemalol fikr bildirishlari mumkinligini bildirdi. 

    Shundan so'ng, yig'ilish ishtirokchilari navbatma-navbat savol va takliflar bera boshladilar. Yig'ilishda ishtirok etayotgan Buxoro TSES yoshlar yetakchisi B. Xamidov, Yo'l bolalar shifoxonasi yoshlar yetakchisi D. Samigova, Urganch manzilgohi shifoxonasi yoshlar yetakchisi M.Kalandarova, "Salomatlik" TSYoP yoshlar yetakchisi Z.Toxirova so'zga chiqib, bir qator taklif va muammolar haqida fikr-mulohaza bildirdilar.

    Raislik qiluvchi, Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidikov yuqoridagi aytib o'tilgan takliflar va fikr-mulohazalar uchun yoshlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarni bajarilishi bo'yicha mutasaddi xodimlarga ko'rsatma berdi hamda yoshlarni kelgusidagi o'qish va ishlariga omad tilagan holda marrani baland olishni, o'zlarining bilimlarini oshirish ustida tinimsiz ishlashlari lozimligini uqtirib o'tdi.
    Sog'liqni saqlash xizmati mas'ul xodimlari: B.Mansurov, H.Hikmatova, B.Ganiyev, A.Ubaydullayevlar so'zga chiqib, Sog'liqni saqlash xizmati tizimidagi tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlar muammolarini bilish va bartaraf etishga ko'maklashish, yurtimizda hayotimizning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amalga oshirishga yoshlarni faol jalb qilish kabi vazifalarni hayotga tadbiq etishda yoshlar Ittifoqi yetakchilarining o'rni alohida muhim ahamiyat kasb etishini bildirib o'tdilar. Hamda yoshlar yetakchisi vazifasiga har tomonlama yetuk, bilimli, o'z kasbining mohir ustasi, intiluvchan va tashabbuskor, jamoada faol yosh hodim saylanishini maqsadga muvofiq bo'lishini bildirdilar va Sog'liqni saqlash xizmati Yoshlar Ittifoqi yetakchisi vazifasiga yuqorida qayd etilgan fazilatlarga ega bo'lgan yoshlarni o'z ortidan ergashtira oladigan, hozirda Qarshi temir yo'l shifoxonasida Yoshlar Ittifoqi yetakchisi sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan Tursunov Elmurod Ro'ziboy o'g'li nomzodini saylash yuzasidan taklif kiritdilar.
    Shundan so'ng, Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'ining kadrlar bo'yicha yordamchisi X.N.Hikmatova E.R.Tursunovning shaxsi va mehnat faoliyatiga oid ma'lumotlarni yig'ilish ishtirokchilariga o'qib eshittirdi.
    Sog'liqni saqlash xizmati Yoshlar Ittifoqi yetakchisi vazifasiga saylash uchun yig'ilish ishtirokchilarining taklifini inobatga olib, Tursunov Elmurod nomzodini ovozga qo'ydi.

Image

    Saylov ochiq ovoz berish yo'li bilan o'tqazildi hamda yig'ilish ishtirokchilari Tursunov Elmurod Ro'ziboy o'g'li nomzodini bir ovozdan ma'qulladilar. Qarshilar va betaraflar bo'lmadi.

Image

    Raislik qiluvchi, Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidikov Sog'liqni saqlash xizmati Yoshlar Ittifoqi yetakchisi vazifasiga saylangan Tursunov Elmurod Ro'ziboy o'g'liga yig'ilish ishtirokchilari nomidan kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
    Tursunov Elmurod Ro'ziboy o'g'li "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati Yoshlar Ittifoqi yetakchisi vazifasiga ikki yarim yil muddatga saylandi.

Image
    "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidiqov "Qo'lingiz dard ko'rmasin, hamisha sog'-omon bo'ling, aziz shifokor yoshlar!" - deya yig'ilishni yakunlab berdi!

    Yig'ilish so'ngida barcha yoshlar poytaxtimizda joylashgan Toshkent temir yo'l texnikasi muzeyiga tashrif buyurdilar. Ochiq osmon ostidagi muzeyda O'zbekiston va Sobiq Ittifoq davrida xizmat qilgan parovozlar, teplovoz va elektrovozlar joylashgan. O'tgan asrda AQSh, Chexoslovakiya va Germaniya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan va insoniyat uzog'ini yakin, og'irini engil qilgan ushbu texnikalarni tomosha qilish juda qiziqarli tarzda o'tdi.
    Ekspozisiya turli seriyadagi 13 ta parovoz, 18 ta teplovoz va 3 elektrovozdan, shuningdek, o'tmishning yo'lovchi va yuk vagonlaridan iborat. Ushbu muzeyda temir yo'l texnikasining rivojlanish bosqichlari yaqqol namoyish etilgan.

Image