"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy poliklinikasida vaksinatsiya ishlari davom etmoqda

  Toshkent shahar va viloyatlar Sog'liqni saqlash boshqarmalarining hududiy tibbiyot birlashmalarining tibbiyot xodimlari tomonidan emlash ishlarini o'tkazishi uchun "O'zbekiston Respublikasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi" to'g'risidagi 0239-07/3 sonli sanitariya qoida va me'yorlari talablari asosida emlash punkti uchun maxsus xonalar ajratildi va zarur jihozlar bilan ta'minlanib, tegishli sharoit yaratildi.
    Sog'liqni saqlash boshqarmalarining xududiy tibbiyot birlashmalarini mobil guruxi tomonidan joriy yilning 12.04.2021 yilda 288 ta tibbiyot xodimlari koronavirus infektsiyasiga qarshi emlandilar. Emlanishdan oldin barcha tibbiyot xodimlarini sog'lig'i, tana xarorati, qon bosimi o'lchanib, emlashga ruxsat berildi.
Barcha emlangan xodimlarning sog'lig'ini uch kun ichida kuzatuv ostiga olish tibbiyot muassasalarning biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshirilishi ko'rsatildi.
    Emlash natijasida nohush holatlar aniqlangan har bir holat bo'yicha shtab a'zolariga zudlik bilan xabardor qilinishi takidlandi. Respublika viloyatlarida va Toshkent shahrida yashovchi tibbiyot xodimlari emlash olgandan keyin nohush asoratlar kuzatilganda 103 tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishi, zaruriyat bo'lganda temir yo'l tizimidagi davolash profilaktika muassasalarida tashkil qilingan mobil brigadalar tomonidan tibbiy yordam ko'rsatilishi ta'kidlandi. Emlash ishlari davom etmoqda. 12.04.2021 yilda emlanganlar orasida noxush xolatlar kuzatilmadi. Emlangan tibbiyot ishchi xodimlarning aniq ro'yxati olib borilmoqda.