"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Markaziy poliklinikasida vaksinatsiya ishlari davom etmoqda (22.04.2021)

    "O'zbekiston temir yo'llari" AJ temir yo'l tizimida faoliyat yuritayotgan respublika miqyosidagi barcha tibbiyot xodimlarini emlash ishlari davom etmoqda. Bu borada Markaziy poliklinika va Markaziy shifoxonada uch xonadan iborat maxsus tibbiy jixozlar bilan jixozlangan emlash punkti tashkil qilingan. Emlashdan oldin barcha tibbiyot xodimlarining sog'lig'i, tana xarorati, qon bosimi o'lchanib, emlashga ruxsat berilmoqda.
    Shuningdek, har bir xodim emlangandan so'ng maxsus tashkil etilgan kuzatuv xonasida 30 daqiqa davomida o'zini yaxshi xis etgunga qadar o'tirishi va 3 kun mobaynida shifokor nazoratida bo'lishi yuzasidan maxsus ko'rsatmalar berib borilmoqda. COVID-19 ga qarshi emlash bilan bog'liq allergik reaktsiya kuzatilgan xollarda tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etishlari aytib o'tilib, ularning barchasiga eslatma varaqalari taqdim etilmoqda. Emlangandan keyin shu xodimni shu kuni emlanganligi va keyingi bosqichda qachon emlanishi xaqida telefon raqamiga xabar kelmoqda. Emlash ishlarini esa maxsus tayyorgarlikdan o'tgan aloxida sertifikatlarga ega bo'lgan vaktsinatorlar amalga oshirmoqda. 22.04.2021 yil xolatiga ko'ra "O'zbekiston temir yo'llari" AJ faoliyat yuritayotgan jami 1619 nafar tibbiyot xodimlarini koronavirus infektsiyasiga qarshi emlandi.