Muassasalar hamshiralari "Diyetologiya" kursi bo'yicha malaka oshirdilar

Shifobaxsh ovqatlanish sifatini oshirish va zamon talablariga mos ravishda tadbiq etish - parhez hamshiralarining asosiy vazifasidir.

    "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati tizimidagi shifoxonalari parhez hamshiralari tibbiy xodimlarning malakasini rivojlantirish markazining "Gigiyena" kafedrasida 72 soatlik Diyetologiya kursi bo'yicha iyun oyida malaka oshirdilar.
    Malaka oshirish davomida hamshiralar sog'lom va ratsional ovqatlanish, parhezning xususiyatlari, parhez diyetalarni tuzish, ovqatlarning kimyoviy qiymatini hisoblash to'g'risida ma'lumotlar oldilar.

Image
Image

    Amaliyot darslari "O'bekiston temir yo'llari" AJ Markaziy klinik kasalxonasida, yo'l bolalar kasalxonasida va "Chinobod" sanatoriylarida o'tkazildi.
    Parhez hamshiralari ushbu malaka oshirishdan olingan bilim va ko'nikmalarini shifoxonalar oshxonalariga tadbiq etib, bemorlarga tashxis bo'yicha parhezli ovqatlanishni tashkil qilishadi va ularning sog'ayib ketishida o'z xissalarini qo'shadilar.

Image