Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlariga tayyorgarlik ko'rilmoqda

COVID-19ga qarshi vaksina samarali sinov va mavjud profilaktika choralari bilan birgalikda, pandemiyani nazorat ostiga olishga yordam beradigan muhim vositaga aylanadi.
Image
Vaksinalar yuqumli kasallikka olib kelishi mumkin bo'lgan viruslar, bakteriyalar yoki boshqa mikroorganizmlarga taqlid qilish orqali ishlaydi. Bu bizning immunitet tizimimizni unga qarshi tez va samarali javob berishga "o'rgatadi". An'anaviy ravishda vaksinalar buni immunitet tizimimiz xotirasida saqlanib qoladigan yuqumli kasallikning zaiflashgan shaklini kiritish orqali amalga oshiradi. Shunday qilib, bizning immunitet tizimimiz infektsiyani u bizni kasal qilishidan oldin tezda taniy oladi va unga qarshi kurashadi.
Image
Rejaga ko'ra, joriy yilda yurtimizda aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayoni o'tkaziladi. Sog'liqni saqlash tizimi immunizatsiya va vaksinatsiya tadbirlarini tashkil etish bo'yicha bir muncha ishlarni amalga oshirmoqda. Koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari ham mamlakatimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilishi shubhasiz. Ayni paytda bu borada keng ko'lamli amaliy ishlar bajarilmoqda. Jumladan, joriy yilning 26 fevral kuni "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati Markaziy poliklinikasida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotlari mutaxassislarini jalb qilgan holda, Sog'liqni saqlash xizmati va sanitariya-epidemiologiya stansiya mutaxassislari bosh epidemiolog Dilorom Tursunova, epidemiolog Xursanoy Jamalova hamda "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati Sog'liqni saqlash xizmatida tashkil qilingan koronavirusga qarshi operativ maslahat guruhi a'zolari ginekolog Shaxlo Maymakova va Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'ining maxsus ishlari bo'yicha yordamchisi Dilshod Muydinovlar birgalikda "koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish" bo'yicha seminar-trening o'tkazishdi. Seminarda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini o'tkazish tartibi, emlanishi lozim bo'lgan guruhlar, emlash qoidalari, emlashga monelik qiluvchi holatlar, emlashni amalga oshirish tartibi, emlash punktlarini tashkil etish to'g'risidagi masalalar ko'tarildi.