Andijon bekati birlashgan tarmoq shifoxonasi bolalar bo'limi qayta kapital ta'mirlandi

    Andijon bekati birlashgan tarmoq shifoxonasi bolalar bo'limi 2006-yilda 2 qavatli binoda barpo etilgan. Ushbu bo'limda temiryo'lchilarni 3 yoshdan - 15 yoshgacha bo'lgan farzandlari sog'lomlashtiriladi. Bolalar bo'limi barcha qulayliklarga ega, zamonaviy turdagi bo'lim bo'lib, bo'limda 14 nafar xodim faoliyat olib boradi. Bolalar bo'limi mudiri pediatr G.T.Ataxanova. Bolalar bo'limida bolalar uchun o'yin xonasi mavjud. Shifoxona hududida bolalar maydonchasi tashkil etilgan.

Image

    Bolalar bo'limida 2020 yil 6-avgustidan - 2021 yil 3-mart kunigacha kapital ta'mirlash ishlari va qayta jihozlash ishlari olib borildi. Bo'lim barcha sanitariya normalariga javob beradi. 
    2021 yil 3-mart kuni bolalar bo'limi tantanali ochilish marosimi o'tkazildi va bolalarni qabul qilish ishlari boshlandi.

Bolalar bo'limining oldingi holati

    Bolalar bo'limini ochilish marosimida shifoxonamiz bosh shifokori D.Z.Mashrapova bo'limni tantanali ravishda ochib berdi va xodimlarga kelgusi ish faoliyatlarida kattadan katta muvaffaqiyatlar tiladi.
    Bolalar bo'limi kapital ta'mirlash ishlaridan so'ng yanada ko'rkam, shinam va bolalar uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy ko'rinishga keldi.

    Bo'limda kelajagimiz poydevorlari hisoblangan farzandlarimiz salomatligini tiklashlari uchun barcha qulayliklar mavjud. Jumladan yangidan barpo etilgan bolalar o'yin xonasi, palatalar yangi jihozlar bilan ta'minlandi. Ovqatlanish xonasi ta'mirdan chiqarilib, qaytadan jihozlandi. Bolalar uchun mo'ljallangan santexnika jihozlari yangisiga almashtirildi.
    Bo'lim xonalari va koridor devorlari zamonaviy ko'rinishdagi ranglardan foydalanilib ta'mirlandi va bolalar uchun ertak qahramonlari tasviri bilan bezatildi.

Image
Image

    Xozirda bo'limda 16 nafar temiryo'lchi farzandlari davolanmoqda. Bolalar uchun barcha dori – vositalari, fizioterapiya muolajalari mavjud. Bolalar barcha talablarga javob beruvchi kaloriyali, vitaminlarga boyitilgan parhez taomlari bilan kunda 4 mahal ovqatlantirilmoqdalar.