Sog'liqni saqlash xizmati rahbariyati tomonidan tibbiy kengash o'tkazildi

    "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidiqov tomonidan 2021-yil uchun belgilangan ish reja asosida 2021-yil 31-mart kuni Andijon va Qo'qon bekati birlashgan shifoxonalari faoliyatini o'rganish natijalari bo'yicha Andijon bekatida sayyor tibbiy kengash barcha DPM hamda tarmoq SES bosh shifokorlari ishtirokida o'tkazildi.
    "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i va bosh mutaxassislar hamda Sog'liqni saqlash xizmati tasarrufidagi barcha DPM bosh shifokorlari tajriba almashinuv asosida Andijon va Qo'qon bekati birlashgan shifoxonalarida bo'ldilar va shifoxonada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shifoxonadan so'ng, Andijon vokzali va Lokomotiv depo tibbiy shaxobcha ish faoliyati bilan tanishdilar.
    Tibbiy kengashni Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidiqov olib bordi. Sog'liqni saqlash xizmati tomonidan belgilangan masalalar:
1-masala: O'lat kasalligini kelib chiqishi, tarqalishini oldini olish va uning profilaktikasi bo'yicha chora tadbirlarni takomillashtirish
2-masala: Lokomotiv brigada xodimlari salomatligini mustahkamlash va dispanserizatsiya ishlarini takomillashtirish hamda poyezdlar harakatini tibbiy ta'minlash bo'yicha tibbiy xizmat sifatini oshirish.
3-masala: Favqulotda vaziyatlar holatida tibbiy yordam ishlarini yanada takomillashtirish
4-masala: Ijro va mehnat intizomiga rioya qilish madaniyatini oshirish
    Shifoxona haqida ma'lumot (Slayd bilan) va belgilangan masalalar yuzasidan bosh shifokor ma'ruzasi tinglandi.
Shundan so'ng Sog'liqni saqlash xizmati bosh mutaxassislari tomonidan tekshiruv natijalari asosida temiryo'lchilarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, tibbiyot xodimlarini malaka oshirish va toifa olish muddatlarini nazoratga olish, shifokorlarni o'z mutaxassisligi bo'yicha tajriba almashish uchun yetakchi mutaxassislar ishlayotgan shifoxonalarga xizmat safariga yuborish.
    Yig'ilishdan so'ng Sog'liqni saqlash xizmati rahbari va barcha tibbiy muassasa bosh shifokorlari Zahiriddin Muhammad Bobur maqbarasiga tashrif buyurdilar. U yerda shox va shoir Bobur bobomiz  tarixi yodga olindi. Shundan so'ng tibbiy kengash Andijon bekati birlashgan shifoxonasi bo'yicha kerakli xulosaga ega bo'lgandan so'ng Qo'qon birlashgan temir yo'l shifoxonasiga tashrifni davom ettirdi.
Image
    Tashrif davomida bo'sh o'rin joylardan unumli foydalanish maqsadida xo'jalik hisobida kichik bo'limlar tashkillashtirish hamda bu bo'limlarda shartnoma asosida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislar bilan shartnoma tuzish, yangi yo'nalishdagi bo'limlar ochish: endokrinologiya, neyroxirurgiya, urologiya bo'limlari. Zarur tibbiy asbob uskunalarni lizing yo'li bilan xarid qilish, temir yo'lchilar orasida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi xolatini kamaytirish choralarini ko'rish. Poyezdlar xarakatini tibbiy ta'minlash uchun reys oldi tibbiy ko'rik o'tkazish uchun avtomatlashtirilgan tibbiy ko'rik usulini amaliyotga tadbiq qilish uchun aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga taklif kiritish.