9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sog'liqni saqlash xizmati muassasalari nafaqaxo'rlar va urush faxriylari holidan xabar oldi

    Barchangizni 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan, ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G'alabaning 76 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.
Ma'lumki, yurtimizda 9 - may Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlashi an'anaga aylanib qoldi. Mana shu ulug'ayyom kunida hammamiz eng avvalo, urush maydonlaridan qaytmagan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruh poklariga hurmat bajo keltiramiz.
    Jang maydonlarida mardlik, jasorat ko'rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sog'-omon yurgan faxriylarimizga ta'zim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.
    Barchangizni yana bir bor 9 may - Xotira va qadrlash kuni bilan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!
    9 - may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati rahbariyati tomonidan tizimda uzoq yillar mehnat qilgan, o'z shijoati, mehnatini ayamay faoliyat olib borgan nafaqadagi xodimlar va faxriylar holidan xabar olindi va ularga tashakkurnoma taqdim etilib, oziq-ovqatlar to'plami berildi.
    O'z navbatida faxriylar ham bu munosabatdan xursand ekanliklarini bildirib o'tishdi.
    06.05.2021 yil Markaziy poliklinikada 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nuroniy va Keksalarni ulug'lash, ularga mehr-muruvvat ko'rsatish maqsadida "Farzandlik burchim" patronaj xarakati tashkil etildi. Xotin - qizlar kengashi boshlang'ich tashkiloti hamda kasaba uyushmasi qo'mitasi a'zolari ishtirokida yoshi ulug' mehnat faxriylari xolidan xabar olindi.
    Termiz birlashgan temir yo'l shifoxonasida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Shu munosabat bilan shifoxonadagi mexnat va Afg'on urushi faxriylarini tabriklab, qimmatbaxo esdalik sovg'alar berildi.
    9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo'qon temir yo'l shifoxonasi tomonidan shifoxoxona pensionerlari xolidan xabar olindi. Ushbu manzilli yordam davomida barcha pensioner xodimlarga manzilli yordam sifatida oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berildi.
    Yo'l bolalar shifoxonasi yoshlari va Mirobod tuman A. Fitrat maxallasi faollari birgalikda urush qatnashchilarini 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan holidan xabar oldi va Buyuk g'alaba bilan tabrikladi