2021-yil rejasiga asosan navbatdagi sayyor tibbiy kengash bo'lib o'tdi

    Joriy yil 17-18-iyun kunlari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmatining 2021-yil rejasiga asosan navbatdagi sayyor tibbiy kengashi bo'lib o'tdi.
    Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.Mamasiddiqov raisligida o'tkazilgan tibbiy kengashda Toshkent shahri va hududlardagi shifoxona va sanitariya epidemiologiya stansiyalari bosh shifokorlari ishtirok etdi.
    Tibbiy kengash a'zolari 17-iyun kuni Markaziy klinik kasalxonada bo'lib, u yerda dastlab zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diagnostika bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, klinikaning qabul, jonlantirish, nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya kabi qator bo'limlarini ko'zdan kechirdilar va o'zaro tajriba almashdilar.
Image
    Ta'kidlash joizki so'nggi yillarda bunyod qilingan temir yo'l vokzallaridagi tibbiyot punktlari zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanib, nafaqat yo'lovchilarga balki, reysga chiqishdan oldin mashinistlarga ham xizmat ko'rsatib kelmoqda. Toshkent Janubiy temir yo'l vokzaliga tashrif buyurgan tibbiy kengash a'zolari u yerdagi reys oldi tibbiy punkt ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shu kuni kunning ikkinchi yarmida kengash a'zolari "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ga qarashli Markaziy poliklinikada ham bo'ldilar. Tibbiy kengash a'zolari dastlab zamonaviy tibbiyot uskunalari va ularning samaradorligi, shuningdek, plastik jarrohlik bo'limi, 2020-yilda ish boshlagan koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va o'zaro tajriba almashdilar. Kun yakunida Markaziy poliklinikada davolash profilaktika muassasa va sanitariya epidemologiya stansiyasi bosh shifokorlari bilan boshqaruv raisi o'rinbosari v.b. U.Tursunqulov temiryo'lchilarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va muammolarni hal qilish bo'yicha davra suhbatini o'tkazdi.
Image
Image

    Tadbirning ikkinchi kuni, ya'ni 18-iyun kuni tibbiy kengash a'zolari Xovos bekati temiryo'l shifoxonasi, poliklinika va Yangi-yangiyer bekatidagi reys oldi tibbiy punkt shifoxonasi bilan tanishdilar. Shu kuni Xovos bekatida navbatdagi sayyor tibbiy kengash o'z yig'ilishni o'tkazdi.Tibbiy kengash kun tartibida asosan
1. Shifoxona ichi infeksiyalarining profilatikasi;
2. Davriy tibbiy profilaktik ko'riklar sifatini oshirish;
3. Doimiy faoliyatdagi hay'at ish faoliyati;
4.  Ijro va mehnat intizomiga rioya qilish to'g'risidagi masalalar atroflicha o'rganib chiqildi va muhokama qilindi.
    Tibbiy kengash har bir o'rganilgan masalalar bo'yicha temiryo'lchilarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va tibbiyotga zamonaviy tashxislash hamda davolash usullarini tadbiq qilish bo'yicha qarorlar qabul qildi.

Image

    Bir so'z bilan aytganda ushbu tibbiy kengash taassurotlarga, savol javoblarga boy bo'ldi. Bu o'z navbatida ishtirokchilarga zamonaviy tibbiy usullar, ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, erishilayotgan natijalar haqida ko'proq ma'lumot olish va o'zaro tajriba almashishga, shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar yechimi haqida fikrlashib olishga keng imkon yaratdi.

Image