2021 yil 28 aprel kuni "ZOOM" platformasi orqali selektor yig'ilishi o'tkazildi.

    2021 yil 28 aprel kuni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati tasarrufidagi tibbiyot muassasalari bilan dolzarb masalalar yuzasidan "ZOOM" platformasi orqali selektor yig'ilishi o'tkazildi.
    O'tkazilgan selektor yig'ilishida quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi:
  • Farg'ona transport prokuraturasining 2021 yil 31 martdagi №24/4-21-106-sonli Qo'qon temir yo'l Birlashgan shifoxonasi faoliyatida aniqlangan qonun buzilishi holatlari, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi taqdimnomasi muhokamasi.
  • Markaziy SES xodimlari tomonidan DPMlarda olib borilgan o'rganishlar taxlili.
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati tibbiyot muassasalarida aholiga pullik tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha 2021 yil 1 chorak davomida topilgan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanish to'g'risida.
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 5 oktyabrdagi "raqamli O'zbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "elektron poliklinika" axborot tizimini joriy etish yuzasidan bajarilgan ishlar to'g'risida.
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Sog'liqni saqlash xizmati tarkibidagi muassasalarda "Ijro.gov.uz" ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan topshiriqlar ijrosi ta'minlanishi to'g'risida.
  • Davolash-profilaktika muassasalarida statistik hisobotlar yuritilishi tahlili to'g'risida.
  • Moliyaviy masalalar to'g'risida.
  • 2021-2022 yillar Sog'liqni saqlash xizmati tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumida betalofat ishlashiga tayyorlash bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida.
    Yig'ilishni Sog'liqni saqlash xizmati boshlig'i M.M.Mamasidikov olib bordi va kun tartibidagi masalalar bo'yicha atroflicha muhokamalar o'tkazildi hamda tibbiyot muassasalari bosh shifokorlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.