2021-yil 19-mart kuni Yo'l bolalar kasalxonasida yoshlar Ittifoqi etakchisi, ma'naviyat va ma'rifat, xotin-qizlari qo'mitasi mas'ullari tomonidan "Navro'z" bayrami tashkillashtirildi.

    Mehr-oqibat, saxovat, muruvvat kabi ezgu fazilatlar, yaratiluvchanlik, yasharish va yangilanish bayrami bo'lgan Navro'zi olamning shodu hurramlik, ko'tarinki kayfiyat va hursandchilik bilan nishonlanishi, xotiralarimizda yorqin iz qoldirishi bilan yanada qadrlidir.
    2021-yil 19-mart kuni yo'l bolalar kasalxonasida yoshlar Ittifoqi etakchisi, ma'naviyat va ma'rifat, xotin-qizlari qo'mitasi mas'ullari tomonidan "Navro'z" bayrami tashkillashtirildi. Bayramga barcha tibbiy xodimlar, bemor bolajonlar va ularning onalari tashrif buyurishdi. Bayramni tibbiy hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar va iqtidorli bolalar she'r va raqslari bilan ko'tarinki ruhda o'tkazishdi.

    Muassasada "Navro'z" bayrami arafasida kasalxona hududi obodonlashtirilib, daraxtlarga shakllar berildi, oqlandi, turli xildagi gullar va manzarali daraxtlar ekildi. Shifoxona xovlilari chiroyli navruzona bezatildi.
    Xamma tibbiy xodimlar va sog’lomlashtirilayotgan bolalarda xamda ularning onalarida bayramona kayfiyat.

Image

    Azizlar! Barchangizga bahor bayrami Navro'zi olam muborak bo'lsin. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Sog’liqni saqlash xizmati sizlarni Navro’z bayrami bilan tabriklab, sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik tilaydi, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin, har kunimiz bayramday bo’lsin!

Image