"1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" Sog'liqni saqlash xizmati nigohida

    "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Markaziy poliklinika ishchi hodimlarining farzandlariga shu jumladan kam ta'minlangan hodimlarning farzandlariga hamda nogiron farzandlari bor hodimlarga "Ashxobod" sayilgohiga yo'llanmalar va esdalik sovg'alari, o'yinchoqlar berildi.
    Sog'liqni saqlash xizmati Yo'l bolalar kasalxonasida "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi. Bayramga temir yo'lchilar Madaniyat saroyi xonandalari va bolalar raqs guruhi tashrif buyurdilar.
    Sog'liqni saqlash xizmati Qo'qon bekati birlashgan shifoxonasida "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni"ga bag'ishlangan bayram tadbiri o'tkazildi. Bayramga temir yo'lchilar farzandlariga bayram dasturxoni tashkil qilindi va esdalik sovg'alari berildi