Xo’jayli bekati birlashgan temir yo'l shifoxonasi

Image
1947-yilning 28-iyul kuni Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashi "Chardjou-Qo'ng'irot temir yo'lining qurilishi haqida"gi qarori qabul qilinadi va shu qarorga binoan qurilish ishlari boshlanadi. Qurilish ishlariga kolxoz ishchilar jalb qilindi va ularning salomatligini saqlash ishlariga katta e'tibor qaratilgan. Qurilayotgan trassaning Qoraqalpoq uchastkasida 170 tibbiy xodimlar faoliyat yuritgan, shundan 34 ta shifokorlar bo'lgan. O'sha davrda Qoraqalpoq uchastkasida tibbiy sanitariya ishlariga A.V.Kashirin raxbarlik qilgan. Shu vaqt mobaynida Dargan-Atada Markaziy shifoxona tashkillashtirilgan. Ulug' Vatan urush qatnashchilari-shifokorlar Baydurov, Majitov, Kitaev, Steklovlar samarali faoliyat yuritib, tibbiy soxada o'zlarining beminnat xizmatlarini qo'shgan. Qoraqalpoq diyoriga birinchi poezd 1952-yilining 23-iyul kuni kirib kelgan va keyinchalik 1953-yili Xo'jayli bekatida tibbiy punkt tashkil etildi. Tibbiy punktda feldsherlarlardan Ulug' Vatan urishi qatnashchilari Uteuliev A., Xudaybergenov K., Shektibaev N. kichik tibbiy xodimlardan Annageldieva S., Shaxanova R., Altibaeva S.,faoliyat yuritganlar.
Xozirgi kunga kelib shifoxonamizda 20 o'ringa mo'ljallangan terapiya, fizioterapiya bo'limlari, smenasiga 150 qatnovga mo'ljallangan poliklinika faoliyat yuritayapti. Poliklinikada terapevt, xirurg, okulist, otolaringolog, akusher-ginekolog, nevrolog, stomatolog temir yo'lchilarga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatib kelmoqda. Shuning bilan birga axoliga tibbiy pullik xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilgan. Temir yo'lchilarga va axoliga tibbiy xizmat ko'rsatishda shifoxonamizning rentgen bo'limi, klinik laboratoriya, UTD, EKG xonalarining yordami katta. Klinik laboratoriyamiz zamonaviy tibbiy jixozlar bilan jixozlangan.
Xozirda shifoxonada jami 131 xodim o'z ish faoliyatlari bilan shug'ullanyapti. Shuning 15 tasi shifokorlar, 63 tasi hamshiralar, 22 tasi kichik tibbiyot xodimlari, va 30 tasi boshqalar.
Yana shifoxona tarkibida Nukus bekati temir yo'l vokzaliga qarashli tibbiy punkt va Qarauzak bekatida joylashgan reysdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazish xonasi mavjud.
Nukus bekati temir yo'l vokzaliga qarashli tibbiy punkta 4 feldsher, Qarauzak va Nukus bekatida joylashgan reysdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tkazish xonalarining xar birida 4 feldsherdan faoliyat yuritadilar.

Bizning shifokorlar

Satullayev Po'lat Jalgasbayevich

Satullayev Po'lat Jalgasbayevich

Terapiya bo'limi mudiri
Jangabayev Abatbay Kengesbayevich

Jangabayev Abatbay Kengesbayevich

Poliklinika mudiri v.v.b.
Torebayev Jaksilik Jarimbetovich

Torebayev Jaksilik Jarimbetovich

Xirurg
Aminova Roza Rashidovna

Aminova Roza Rashidovna

Ginekolog
Tleuov Pataxat Xatepbayevich

Tleuov Pataxat Xatepbayevich

Nevropatolog
Sagiyeva Gulzira Abatbayevna

Sagiyeva Gulzira Abatbayevna

Laborant shifokori
Kuljanova Aytgul Kalenderovna

Kuljanova Aytgul Kalenderovna

Fizioterapevt
Qurbanova Zulfiya Po'latovna

Qurbanova Zulfiya Po'latovna

UTD shifokori
Otegenova Gulnara Joldasbayevna

Otegenova Gulnara Joldasbayevna

Okulist
Mamutova Dilbar Kaniyazovna

Mamutova Dilbar Kaniyazovna

Lor
Kojelepesova Tleuxan Kojanazarovna

Kojelepesova Tleuxan Kojanazarovna

Endokrinolog
Satullayev Muhammedseytxo'ja Jalgasbayevich

Satullayev Muhammedseytxo'ja Jalgasbayevich

Stomatolog
Kasalxona manzili: Qoraqalpog'iston Respublikasi.
Furqat ko'chasi, 1-uy.
Elektron pochta: satullaev1950@mail.ru
Faks: (361) 554-17-03
Telefon:: (361) 554-17-03
To'lov siz istagan usulda.