Qo'ng'irot sanatoriy-profilaktoriyasi

Image
"Qo'ng'irot" sanatoriyasi 2004 yil 27 avgustda Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli qoshida ochilgan. 2015 yildan esa "O'zbekiston temir yo'llari"AJning tibbiy xizmati tarkibiga kiradi. "Qo'ng'irot" sanatoriyasi 30 ta be'mor uchun mo'ljallangan.
Sanatoriya-profilaktoriyasida yuqori toifali quyidagi shifokorlar ish faoliyat olib boradi: fizioterapevt, nevrolog, kardiolog, akusher-ginekolog. Barcha mutaxassislar ko'p yillik tajribaga ega.
"Qo'ng'irot" sanatoriy dam olish maskani quyidagi fizioterapevtik jarayonlarni amalga oshiradi: elektrofarez, darsenval, elektrosandal, UZT, UHF, sollux, lazoterapiya – MIG, elektroson, ingolyator, shuningdek fizioterapiya bo'limida davolash xonasi, parafinli dastur xonasi, massaj va LFK kabineti mavjud. Sanatoriyaga kelgan har bir dam oluvchi tekshiriladi va shifokorning retsepti bo'yicha sanatoriya davolash kompleksini oladi.
Qo'ng'irot mintaqaviy temir yo'l uzeli rahbariyati tomonidan har yili bolalarni yoz mavsumida sog'lomlashtirishga tayyorgarlik qo'rish va o'tkazish" to'g'risida buyruq chiqarilib, ushbu buyruqga asosan bolalarni yozgi sog'lomlashtirish va dam oldirish buyicha "Qo'ng'irot" sanatoriy-profilaktoriyasini 3 navbatda faoliyat yuritishi hamda ularda bolalarni sog'lomlashtirish muddati 12 kun qilib belgilanadi.

2015 yil Sog'liqni saqlash xizmati tasarrufiga o'tganimizdan keyin Shtatlar soni ko'paydi, hozirgi kunda profilaktoriyada 9 nafar oliy toifali shifokor, 42 nafar o'rta bo'g'inidagi tibbiyot xodimlari samarali mehnat qilib kelmoqdalar hamda sog'liqni saqlash xizmati tomonidan profilatkoriyamizga moliyaviy yordam pullari ajratildi. Ajratilgan pullarga fizioterapiya xonalari qayta ta'mirlanib, davolash uchun yangi apparatlar sotib olindi

Image

Bizning shifokorlar

Jumamuratov Polat Umirzakovich

Jumamuratov Polat Umirzakovich

Kardiolog
Babajanova Tazagul Xojanovna

Babajanova Tazagul Xojanovna

Физиотерапевт
Babadjanova Sveta Yembergenovna

Babadjanova Sveta Yembergenovna

Ginekolog