Andijon bekati birlashgan shifoxonasi

Image
Shifoxonamiz Sog'liqni saqlash xizmati tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosida temiryo'lchilarga va axoliga xizmat ko'rsatib kelmoqda. Belgilangan pullik xizmat rejasini bajarib, topilgan mablag'larni kerakli yo'nalishda sarflanadi.
Bemorlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida xar yili shifoxona bo'limlarida joriy va kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi. Bo'limlar zarur jixozlar bilan ta'minlanadi. Yilning sovuq faslida bemorlar davolanishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy qozonxona o'rnatildi. Doimiy ravishda shifoxona xududida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib boriladi. Shifoxona xududi so'lim va bahavo.
Poliklinika bo'limida 75 nafar xodim faoliyat olib boradi. Bo'lim mudiri oliy toifali shifokor Otamirzaeva F.A. Bo'lim zamonaviy tibbiy jixozlar bilan ta'minlangan. Malakali shifokor va hamshiralar faoliyat olib borishadi.
Shifoxonamiz okulist shifokori Jalolov Otabek Qosimovich Xindistonda malaka oshirib kelgan. Poliklinika sharoitida bemorlarni qabul qilishdan tashqari ko'z kasalliklari bilan bemorlarga samarali tashrixlarni amalga oshiradi. Xar yili 100 dan ortiq bemorlarni tashrix yo'li bilan davolaydi, jumladan ko'z ichiga choksiz usulda Gavxar qo'yish tashrixini samarali bajaradi. Bundan tashqari barcha ko'z va qavoq kasalliklarini tashrix o'tkazish bilan davolaydi.
Nevropatolog Naymanov B.A. nevrologik bemorlarga samarali tibbiy xizmat ko'rsatadi. Jumladan elektroentsefalografiya tekshiruvini o'tkazadi.

Bizning shifokorlar

Axmadaliev Muxammadroziq Abdullaevich

Axmadaliev Muxammadroziq Abdullaevich

Jarroxlik bo'limi mudiri
Ziyaeva Go'zaloy Qobiljonovna

Ziyaeva Go'zaloy Qobiljonovna

Ichki kasalliklar bo'limi mudiri
Xojimatov Turg'unboy Axmadjonovich

Xojimatov Turg'unboy Axmadjonovich

Kardiolog
Naymanov Boxodir Avazovich

Naymanov Boxodir Avazovich

Nevropatolog
Otamirzayeva Farog'at Asilbekovna

Otamirzayeva Farog'at Asilbekovna

Poliklinika bo'limi mudiri